🌱 RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB G‘O‘ZA MAYDONLARIDA MONITORING ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“Biosifat” respublika markazi mutaxassislari tomonidan hududlardagi fermer xo‘jaliklarining g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar o‘rganilmoqda.

Ayni kunlarda g‘o‘za hosilining o‘z vaqtida pishib yetilishini ta’minlash maqsadida etefon vositasini qo‘llash jarayonlari monitoring qilinmoqda.

🔎 O‘rganishlar davomida:

🔹 g‘o‘zaning rivojlanish va pishish holati;

🔹 etefonni qo‘llash muddati va me’yorlari;

🔹 agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi;

🔹 xavfsizlik talablariga rioya etilishi nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, agronomlar va mutaxassislarga hosilni o‘z vaqtida hamda sifatli yig‘ib olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

✅ Monitoring va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish ishlari respublikamiz hududlarida izchil davom ettirilmoqda.