Biosifat Respublika Markazi

Ilmiy kengash

Markazning ilmiy-uslubiy faoliyati, ish rejasi va kengash a’zolari haqidagi ma’lumotlar.

Ilmiy kengash

Vazifalari

1.1. Ilmiy Kengashning maqsadi – Qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘simliklarni zararkunandalaridan biologik himoya qilish  “Biologik himoya vositalari”ga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-36-son farmonining 9-bandi bo‘yicha o‘simliklarni himoya qilishning ekologik xavfsiz (biologik) usullarini keng qo‘llash va ekinlar hosildorligini ilmiy asosda oshirish hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 12-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-130-son Farmoni 4-ilovasining 19-bandida Agroportalda oʼsimliklarni himoya qilish va dalaga biologik ishlov berish boʼyicha xizmat koʼrsatishni yoʼlga qoʼyish hamda ushbu bandning 19.1-kichik bandida Biolaboratoriya mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish, to‘lovlarni amalga oshirish, biomahsulotlarni dalaga tarqatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish va 19.2-kichik bandida Agroportalda o‘simliklarni biologik himoya qilish, hasharotlarga qarshi kurashishda ularning o‘rtacha haroratda rivojlanish fazalarini aniqlab berish xizmatini yo‘lga qo‘yish.

Shuning bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazir Mahkamasining 2024-yil 20-sentyabridagi 595-sonli “O‘simliklarni himoya qilishda biologik kurash tadbirlarini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarishga yo‘naltirishdan iborat.

1.2. “Biosifat” respublika markazi Ilmiy Kengashining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

a) Markazning ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish va belgilash;

b) Biologik himoya vositalari bo‘yicha Ilmiy-tadqiqot ishlarining reja va usullarini ishlab chiqish fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarini o‘rganib chiqib xulosa berish, o‘quv qo‘llanmalar, tavsiyalar, innovatsion ishlanmalar hamda ilmiy konferensiyalarning dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlash;

v) Biologik himoya vositalari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-tashkiliy, moliyaviy hamda ishlab chiqarish faoliyatining natijalari bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilib, qaror qabul qilish;

g) ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish va xulosa berish;

d) Biologik himoya vositalari bo‘yicha muhim ilmiy masalalar, ilmiy ma’ruzalar, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish uchun berilgan tavsiya va takliflarni ko‘rib chiqish hamda qaror qabul qilish;

y) boshqa ilmiy muassasalar bilan ijodiy hamkorlik olib borish va muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilish hamda tavsiyalar berish;

j) Biologik himoya vositalari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalar hamda ularning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish va tavsiya berish;

Respublikada biologik himoyani yanada rivojlantirish va biolaboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda qaror qabul qilish;

Markazning istiqbolli rejalarini tasdiqlash, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-ishlab chiqarish faoliyati natijalarini muhokama qilish hamda tegishli qarorlarni qabul qilish.

Ilmiy Kengashga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.