Fidoyi mehnat — yuksak e’tirof


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Biosifat” respublika markazi direktori Yusuf Buronov ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🏅 Taqdirlash marosimida ushbu ko‘krak nishoni Qishloq xo‘jaligi vazirligi departamenti boshlig‘i Abdumuxtor Ergashev tomonidan topshirildi.

👏Shuningdek, “Biosifat” respublika markazi faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlarga ham tashakkurnomalar taqdim etildi.

Bunday e’tirof soha xodimlarining fidokorona mehnatini qadrlash, ularni yangi marralar sari ruhlantirish va Vatanga xizmat qilish tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.