🤝 FAO vakili “Biosifat” respublika markazida
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosining integratsiyalashgan zararkunandalarga qarshi kurash (IPM) va iqlimga moslashuvchan urug‘chilik tizimlari bo‘yicha texnik maslahatchisi Zsuzsanna Keresztes “Biosifat” respublika markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida u Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.