Biologik himoyani rivojlantirishda Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda

🗣O‘simliklarni biologik himoya qilishda zamonaviy texnologiyalar va yangi usullarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik ishlari davom etmoqda.

🌱 Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Biosifat” respublika markazi xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, biologik himoya yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.

🦗🦗Tashrif doirasida, xususan, yangi turdagi entomofaglarni ko‘paytirish va sabzavot ekinlaridagi oqqanot zararkunandasiga qarshi qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlarga e’tibor qaratilmoqda.

➕Xitoydagi zamonaviy laboratoriya va issiqxonalarda biologik himoya vositalarini yetishtirish, qo‘llash va amaliyotga joriy etish tajribasi bilan tanishilmoqda.

✅Mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ko‘zda tutilmoqda.