9-may — Xotira va Qadrlash kuni
9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Biosifat Respublika markazi hodimlari yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi hamda bugungi farovon hayot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish maqsadida Xotira maydoniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari hamda Vatan ravnaqi uchun xizmat qilgan insonlar xotirasi chuqur hurmat bilan yodga olinib, poyiga gullar qo‘yildi. Shuningdek, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash borasida fikrlar bildirildi.
Mazkur tadbir xalqimizning boy ma’naviy merosi, ajdodlar xotirasiga bo‘lgan yuksak ehtirom hamda inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
Biosifat Respublika markazi jamoasi bundan buyon ham yurt ravnaqi, xalq farovonligi hamda ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.
8-May, 2026-yil