Navro‘z va Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum!

“Biosifat” Respublika Markazi sizni kirib kelayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyomlar — Navro‘z bayrami hamda muborak Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

Ushbu fayzli kunlar qalblaringizga poklik, xonadonlaringizga baraka va hayotingizga yangi umid hamda yorug‘lik olib kirishini tilaydi. Navro‘zning yangilanish ruhi Sizga yangi marralar va imkoniyatlar eshigini ochsin, Ramazon hayitining mehr-oqibati esa jamiyatimizda hamjihatlik va ezgulikni yanada mustahkamlashga xizmat qilsin.

Yaratganning rahmati va inoyati doimo Siz bilan bo‘lsin, ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin. Har bir kuningiz fayzli, har bir qadamingiz muvaffaqiyatli bo‘lishini tilab qoladi.

19-Mart, 2026-yil