Kimyo-texnologiya institutida “Biosifat” respublika markazi bilan hamkorlik uchrashuvi
2026-yil 3-fevral kuni Kimyo-texnologiya instituti professori N. Xujamshukurov taklifiga binoan “Biosifat” respublika markazi direktori hamda “Entomofaglarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash sinov laboratoriyasi” xodimlari ishtirokida Kimyo-texnologiya institutining “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” hamda “Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi” kafedralari qoshidagi tahlil laboratoriyalariga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida laboratoriyalarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda texnologik jarayonlari bilan batafsil tanishtirildi.
Shuningdek, kelgusida “Biosifat” respublika markazi va Kimyo-texnologiya instituti o‘rtasida o‘zaro amaliy tajriba almashish, ilmiy grantlar va qo‘shma loyihalar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.
3-Fevral, 2026-yil