“Biosifat” respublika markazida O‘simliklarni biologik himoya qilish bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining 2025 yil 30-dekabrdagi 230-sonli buyrugʻiga asosan, “Biosifat” respublika markazida “O‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan biologik himoya qilish vositalari bo‘yicha” Ilmiy-texnik kengash tashkil etildi.
Ushbu Ilmiy-texnik kengashning dastlabki yigʻilishi 2026-yil 3-fevral kun boʻlib oʻtdi.
Mazkur Ilmiy-texnik kengashda Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim va boshqa ilmiy tadqiqot institutidan malakali olimlar (Kengash azolari) kelib, faol ishtirok etdi.
Ilmiy kengashda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
1. Respublikada biologik himoyani yanada rivojlantirish va biolaboratoriyalar faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda qaror qabul qilish;
2. “Biosifat” respublika markazining ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining asosiy yо‘nalishlarini muhokama qilish;
3. Ilmiy loyihalarning rejalarini tasdiqlash, moddiy-texnik ta’minoti va moliyaviy-ishlab chiqarish faoliyati natijalarini muhokama qilish;
4. “Biosifat” respublika markazida doktorantura va mustaqil izlanuvchilarga bо‘lgan ehtiyojni aniqlash;
5. 2026-yil uchun “Oʼsimliklarni himoya qilishda qoʼllaniladigan biologik himoya qilish vositalari bo‘yicha” Ilmiy-texnik kengash ishchi rejasini tasdiqlash.
6. Sohani raqamlashturish usullari va boshqa masalalar.
4-Fevral, 2026-yil