"Biosifat" respublika markazi xalqaro akkreditasiyadan o'tdi

✔️ Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining “Biosifat” respublika markazi xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtdi

🦗🦗Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining “Biosifat” respublika markazi laboratoriyasi xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtib, akkreditatsiya guvohnomasini qoʻlga kiritdi.

⚒ Mazkur natija laboratoriya faoliyatining xalqaro talablarga toʻliq javob berishini, sinov va tahlil ishlari ishonchliligi, aniqligi hamda shaffofligini tasdiqlaydi.

🖋 Xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi orqali sertifikatlangan biolaboratoriyalarda koʻpaytirilgan entomofaglarga (foydali hasharotlar) boʻlgan ishonch yanada ortadi. Bu esa biologik vositalarning kengroq qoʻllanilishiga va mamlakatda ekologik xavfsiz dehqonchilik tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

29-Oktabr, 2025-yil