Hurmatli fermerlar diqqatiga!
🦗🦗 Endi biologik himoya vositalaridan foydalangan yer egalari xarajatlarining 50 foizini subsidiya tarzida qaytarib olishlari mumkin. Bu imkoniyat Vazirlar Mahkamasining 520 qarori bilan tasdiqlandi.
❓ Xo’sh buning uchun nima qilish kerak?
✅ Faqat biologik vositalar — entomofaglar, feromon tutqichlar va mikrobiologik preparatlar bilan ishlaganingizni tasdiqlash lozim. Shundan keyin ya’ni 30-avgustgacha joylarda o‘rganish o‘tkazilib, zararkunandalardan xoli ekani haqida dalolatnoma tuziladi. So‘ng siz “Agrosubsidiya” elektron tizimi orqali ariza topshirasiz.
📃 Bulardan keyin manzilli ro‘yxat shakllantiriladi va 15-sentyabrgacha tasdiqlanadi. Muddat qisqa ekanligini eslatib o’tgan holda, shartlarga amal qilgan har bir fermer subsidiya olish imkoniyatiga egaligini ma’lum qilamiz.
4-Mart, 2026-yil