Ғалла арракаши (Cephus pygmeus)

Ғалла арракаши (Cephus pygmeus) - Rasm 1
Ғалла арракаши (Cephus pygmeus) - Rasm 2
Ғалла арракаши (Cephus pygmeus) - Rasm 3

Umumiy ta'rif

G‘alla arrakashi Hymenoptera turkumi, Cephus avlodiga mansub. Bu zararkunanda tushgan g‘alla ekinlarining hosili kamayadi, donning sifati pasayadi (puch bo‘lib qoladi), zararlangan poyalar shamolda va o‘rim-yig‘imda shikastlangan yeridan sinib ketadi. Lichinkalarni bo‘yi 10 mm gacha yetadi. Rangi xira oqish yoki sarg‘ish tusda, poyadan chiqarib olinsa, S harfi shakliga kirib oladi. G‘alla arrakashi arpa, bug‘doy poyasining ostki qismi ichida lichinkalik davrida qishlaydi. Arrakash g‘alla poyasining yuqori bo‘g‘imi oraliqlaridan birida poyani arralab, teshib, u ning ichiga bittadan jami 35-50 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumdan 7-10 kun ichida lichinka chiqib, poya ichki qismini yeb poya bo‘ylab pastga tushadi. G‘alla doni dumbullik davriga yetganda lichinka o‘sishni tugallab, poyaning ildiz bo‘g‘iz qismiga yaqinlashib qoladi, bu yerda poyaning yer beti bilan tekis yoki 1-5 sm yuqoriroq joyidan, poya ichi devorini halqasimon egat shaklida kemirib o‘yadi, poyaning faqat yupqa tashqi qavatiga tegmaydi va shu yerda pilla o‘rab, g‘umbakka aylanadi, shu holda kelasi yil ko‘klamgacha qishlab qoladi.

Agrotexnik qarshi kurashish chorasi

Экишдан олдин ерга чуқур ишлов бериш.

Biologik qarshi kurashish chorasi

Ғалла поя арракашининг ихтисослашган табиий кушандаси мавжуд - Collyria coxator. Бундан ташқари, ўсимликка қўйган тухумини турли тухумхўрлар зарарлаши мумкин.

Kimyoviy qarshi kurashish chorasi

Матрап (сачок)нинг 100 та ҳаракатида 40-50 та етук зараркунанда илинса ФОСШАНС, эм. к.,БОРЕЙ НЕО сус.к, (Б) (А), ДЕЛЬТА 10% эм. к., ДЕФЕНТОКС 2,5% эм. к. (Б), ДЕЦИС 10% эм. к. (Б), КИНФОС эм. к, ИМИДАШАНС, с.э. к.,ЭСПЕРО, сус.к, препаратлари билан ишлов бериш.